La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi

Оқил Абдубарноев
29 may 2024, 00:27
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem 2023/24 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ispaniya chempionatidagi debyut mavsumida Bellingem 28 o'yin o'tkazib, 19 gol urdi va 6 golga assistentlik qildi.

20 yoshli angliyalik futbolchi Vinisius Junior ("Real"), Takefusa Kubo ("Real Sosedad"), Artem Dovbik, Aleish Garsiya (ikkalasi ham "Jirona"), Robert Levandovski ("Barselona"), Antuan Grizman ("Atletiko"), Isko ("Betis"), Kirian Rodriges (“Las-Palmas”) va Aleksandr Serlota (“Vilyarreal”)ni ortda qoldirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: x.com/LaLiga