La Ligada joriy mavsum yutqazmagan yagona jamoa qoldi

Alisher
4 okt 2021, 09:51
"Vilyarreal" joriy mavsum Ispaniya chempionatida mag'lub bo'lmagan yagona jamoadir.

Unai Emeri jamoasi hisobida 2ta g'alaba va 5ta durang mavjud. To'plar nisbati esa 8:3 ko'rinishini olgan.

Oldinroq, 8-turda bunga qadar hisobida mag'lubiyat yo'q bo'lgan "Real" va "Sevilya" jamoalari yutqazishgandi.

"Vilyarreal" Ispaniya chempionatida ayni damda 11-o'rinda bormoqda. Jamoa 17 oktyabrda "Osasuna" bilan uchrashadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia