La Liga. Yanuzay va Mayoral gol urgan o'yinda durang qayd etildi

16 mar 2019, 07:55
Kecha Ispaniya La Ligasi 28-turiga start berildi.

Turning ilk o'yinida “Real Sosedad” jamoasi o'z uyida “Levante”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Uchrashuvda hisobni mezbonlar a'zosi Adnan Yanuzay 26-daqiqada ochgan bo'lsa, mehmonlardan bu golga 79-daqiqaga kelib, Borxa Mayoral javob qaytardi.

Real Sosedad – Levante 1:1

Gollar: 1:0 – 26 Yanuzay, 1:1 – 79 Mayoral.

Real Sosedad – Ruli, Saldua, Elustondo, Navas, Teo, Merino, Gevara, Surutusa, Yanuzay, Sandro Ramires (Bautista, 66), Oyarsabal.

Levante – Fernandes, Koke (Saymon, 61), Ruben Vezu, Rober, Rodriges (Postigo, 81), Luna, Rochina (Marti, 74), Kampanya, Bardi, Mayoral, Morales.

Ogohlantirishlar: Ruben Vezu (30), Rodriges (38), Sandro Ramires (44), Merino (70).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia