

“Vanda Metropolitano” stadionida kechgan bahsda yagona gol o'yin taqdirini hal qildi. 34- daqiqada mehmonlar darvozasiga belgilangan penaltini madridliklarning francuz hujumchisi Kevin Gameyro aniq amalga oshirdi.
30-turdan keyin “Atletiko” 67 ochko jamg'arib La Liga turnir jadvalining ikkinchi pog'onasida bormoqda. “Deportivo” esa 20 ochko bilan so'nggi pog'onani egallab turibdi. Chempionatda esa 76 ochko bilan “Barselona” peshqadamlik qilmoqda.



