

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan qaytgan Karlo Anchelotti shogirdlari o'z maydonida La Liga doirasida "Elche"ni qabul qiladi.
Birinchi davrada "Estadio Manuel Martines Valero" o'yingohida o'tgan bahsda "Real" yirik (3:0) hisobi g'alaba qozongandi. Qiziq tomoni, o'sha uchrashuvda mehmonlarning 3 ta goli inobatga olingan bo'lsa, "qaymoqranglilar" urgan yana shuncha gol hisoblanmagandi.
Nima deb o'ylaysiz, bugun natija qanday bo'larkin? Boshqa qitadan qaytgan "Real" futbolchilarida toliqish sezilmasmikin yoki jadvalning so'nggi pog'onasidagi jamoa amaldagi chempionga qarshilik ko'rsata olmaydimi?



