La Liga. "Atletiko" o'z maydonida "Vilyarreal"ga yutqazdi

Оқил Абдубарноев
22 avg 2022
La Liganing 2-turidan o'rin olgan "Atletiko" - "Vilyarreal" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvning 73-daqiqada mehmonlar futbolchisi Pino hisobni ochdi. Bahs yakunlanish arafasida esa Jerar Moreno hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi. Shu tariqa, "sariq suv osti kemasi" chempionatdagi ketma-ketma ikkinchi o'yinda g'alabani nishonladi.


Atletiko – Vilyarreal 0:2 (0:0, 0:2)

Gollar: 0:1 – 73 Pino, 0:2 – 90 Jerar Moreno.

Atletiko – Oblak, Molina, Savich (Ximenes, 76), Vitcel, Reynildu, Karrasko, Koke, Lemar (de Paul, 62), Lorente (Grizmann, 62), Morata (Mateus Kunya, 70), Joau Feliks (Korrea, 70).

Vilyarreal – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Pino (Chukvueze, 76), Pedrasa, Lo Chelso (Aleks Baena, 70), Kapu (Koklen, 69), Parexo, Jerar Moreno, Djekson (Morales, 84).

Ogohlantirishlar: Joau Feliks (48), Ximenes (90), Parexo (90), Aleks Baena (90), Jerar Moreno (90).

Chetlatish: Molina (90).


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia