

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Dani Alves ko'kanorranglilar safida La Ligada maydonga tushgan yoshi eng katta futbolchiga aylandi – 38 yosh, 247 kunlik.
Braziliyalik himoyachi Xose Pinto (38 yosh, 190 kunlik)ning rekordini yangiladi. Pinto 2014 yil 17 may kuni Atletikoga qarshi bahsda mazkur natijaga erishgandi.
Eslatib o'tamiz, Alves o'yinda assist ham qayd etdi. U 2016 yildan beri ilk bor La Ligada maydonga tushdi.



