"LA Gelaksi" Ibragimovichning o'rnini MYUning sobiq hujumchisi bilan to'ldiradi

15 yanv 2020, 23:23
"Sevilya" hujumchisi Xaver Ernandes tez orada Andalusiya klubini tark etadi.

31 yoshli meksikalik hujumchi "Los-Anjeles Gelaksi" bilan 3 yilga mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Unga ko'ra Chicharito yiliga 6,5 million evro maosh oladi. AQSH jamoasi "Sevilya"ga 9 million evro to'laydi. 

Ma'lumot uchun, Chicharito La Liganing joriy masumida 9 uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN