La Gazzetta dello Sport: "Roma" Eldor Shomurodov bilan shartnoma imzoladi. Klub futbolchini to'g'ridan to'g'ri sotib oldi

Aslanov Jasurbek
3 avg 2021, 01:37
Eldor Shomurodovning "Roma" klubiga o'tgani haqida Italiya OAVlari tomonidan birin-ketin xabarlar tarqalmoqda.

La Gazzetta dello Sport va yana bir qancha OAVlarning yozishicha, Eldor Shomurodov yangi jamoasi bilan shartnoma imzolashga ulgurgan. 

"Roma" Shomurodovni ijaraga emas, to'g'ridan to'g'ri 17.5 mln evroga sotib olishga qaror qilgan. Bundan tashqari, jamoaviy va shaxsiy natijalarga qarab, 2.5 mln evro bonus ham shartnomadan o'rin olgan. "Roma" bu yozda transfer uchun 1.5 mln evro to'laydi. Qolgan 16 mln evro esa Genuya klubiga bir necha yil davomida to'lab boriladi. Ushbu transferning rasman e'lon qilinishi qoldi xolos", -deb yozadi La Gazzetta dello Sport.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport