KXDR - O'zbekiston uchrashuvi SPORT TVda jonli olib berilmaydi

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2015, 10:30
Bugun JCH-2018 saralashi doirasidagi KXDR - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Uchrashuvni SPORT telekanali olib berishi borasida savollar kelib tushmoqda. Telekanal xodimlarining saytimizga ma'lum qilishiga ko'ra o'yin jonli ravishda olib berilmaydi. Bunga sabab sifatida KXDRning yopiq davlat ekanligi va hech qanday signal yo'qligi ko'rsatilmoqda.

SPORT TV JCH-2018 saralashi doirasida O'zbekistonning qolgan o'yinlarini olib berishni rejalashtirmoqda. Bu borada muammo bo'lmasligi kutilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia