Kvaratsxeliyaning mashinasi topildi va unga qaytarib berildi

Sherzod Nurmatov
4 noya 2022
Neapol – nafaqat quyosh, dengiz va piccaga boy, balki jinoyatga moyil shahar hamdir.

Buni tunda uxlab yotgan vaqtida mashinasisiz qolgan "Napoli"ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvaratsxeliya ham bildi.

Italiyaning ITASportPress axborot agentligi xabariga ko'ra, gruziyalik futbolchi uzoq vaqt qayg'uga botmadi – policiya mashinani tezda Aversa deb nomlangan hududdan topdi.

E'tiborlisi, Kvaratsxeliya mudhish hodisaga qaramasdan, mashg'ulotlardan qolmagan. Voqea sodir bo'lganidan 24 soat o'tmay policiya mashinani egasiga qaytarib bergan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ITASportPress