Kvaratsxeliya "Manchester Siti" e'tiboriga tushdi

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2023
"Manchester Siti" "Napoli"ning gruziyalik futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliyaga e'tibor qaratmoqda.

Bu haqda "Daily Mail" xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko'ra, futbolchi to'p bilan harakat qilganda qo'rqmasdan va jozibador o'ynashi tufayli A Seriya va Chempionlar Ligasining joriy mavsumidagi o'yini bilan ingliz klubining e'tiborini tortgan.

Kvaratsxeliya "Napoli" safida 2022 yilning yozidan buyon to'p tepib keladi. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2027 yilning iyunigacha mo'ljallangan.

21 yoshli gruziyalik joriy mavsum neapolliklar safida 20 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko'ra futbolchining narxi 60 million evroga baholanmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail