"Kuvayt SK" – "Nasaf" uchrashuvini kim boshqarib boradi?

Sherzod Nurmatov
18 sen 2024
OCHL-2 1-turi doirasidagi "Kuvayt SK" – "Nasaf" bahsini Saudiya Arabistonidan bo'lgan hakamlar boshqarib borishadi.

Uchrashuv bosh hakami etib Majid Muhammad Al Shamrani tayinlangan. Unga qanotlarda Hesham Muhammad Al Refaei va Umar Ali Aljamol yordam beradi. Zaxira hakam sifatida Klifford Postanes Daypuyat (Filippin) ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi etib Xolid Rashid Salim Abdulla Alallan (Bahrayn) tayinlangan. Uchrashuvda Volid Muhammad Musa Tohir Alblushi (BAA) komissarlik qiladi.

Eslatib o'tamiz, "Kuvayt SK" – "Nasaf" o'yini bugun 21:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz