Kutilmaganda "Sho'rtan" Sherali Jo'raev va yana bir futbolchi bilan shartnomani bekor qildi

Aslanov Jasurbek
8 apr 2024
"Sho'rtan" klubi o'zining ikki futbolchisi bilan kelishuvni bekor qildi.

Pro liga rasmiy Telegram kanalining ma'lum qilishicha, G'uzor klubi Sherzod Abduraimov va Sherali Jo'raevlar bilan tuzilgan shartnomani bekor qilgan.

Eslatib o'tamiz, "Sho'rtan" bugun o'tkazilgan Pro liganing 5-tur o'yinida "Aral" bilan durang (1:1) qayd etdi. Ayni damda g'uzorliklar chempionatda 1ta g'alaba, 2ta durang, 2ta mag'lubiyat bilan 6-o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia