Kutilmagan burilish: Gvardiola Yevropa terma jamoasiga murabbiylik qiladimi?

Sherzod Nurmatov
16 mar 2026
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Niderlandiya termasi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida ko'rib chiqilmoqda.

Niderlandiya Qirollik futbol associaciyasi terma jamoaning kelajakdagi ustozi masalasida bir nechta uchrashuvlar o'tkazdi.

"El Nacional"ga ma'lum bo'lishicha, to'rt bosqichli muzokaralardan so'ng oxirgi uchrashuv Barselonada bo'lib o'tdi va ispan mutaxassisi federatsiyaning asosiy favoritiga aylandi. Ular murabbiyni yaqin vaqtlarda "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin deb hisoblashmoqda, garchi uning hozirgi shartnomasi 2027 yilgacha amal qilsa ham.

Termaning hozirgi bosh murabbiyi Ronald Kuman iste'foga chiqishga qaror qildi va KNVB boshqaruvi yangi murabbiy izlashni boshladi.

Ko'rib chiqilayotgan nomzodlar orasida Erik ten Hag, Arne Slot va Peter Bos bor edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional