Kutilgan iste'fo: Vagner ishdan ketdi

Mirjalol Normatov
27 sen 2020, 14:07
"Shalke" rahbariyati bosh murabbiy David Vagnerni iste'foga chiqardi.

Shuningdek, uning yordamchilari Kristof Byuler va Frank Freling ham ishdan ketdi. "Shalke" mavsumni ikki mag'lubiyat bilan boshladi: 1-turda jamoa "Bavariya"ga 0:8 hisobida yutqazgandi, keyinchalik o'z maydonida "Verder"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Jamoaning ligadagi g'alabasiz seriyasi 18 o'yinni tashkil qilayotgandi. "Shalke" so'nggi bora 17 yanvar kuni Menxengladbaxning "Borussiya"sini 2:0 hisobida mag'lub etgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal