Kurtua "Real" tarkibida LaLigadagi yubiley uchrashuvini o'tkazdi

Mirjalol Normatov
15 avg 2021, 14:18
"Real" posboni Tibo Kurtua jamoasi tarkibida LaLigadagi 100-uchrashuvida qatnashdi.

"Alaves"ga qarshi o'yinda "qirollik klubi" 4:1 hisobida g'alabaga erishdi. Kurtua esa penaltidan gol o'tkazib yubordi.

"G'alaba va uch ochkodan xursandman. Mavsum yaxshi boshlandi. "Real" tarkibida LaLigadagi 100-o'yinimni o'tkazayotganimdan mamnunman. Bundan ko'prog'ini istayman", - dedi Kurtua.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid