Kurtua Mourinyoning iste'fosidan hafa bo'lgan

Aziz Tukhtamuradov
27 fev 2016, 21:30
Chelsi darvozaboni Tibo Kurtua Joze Mourinyoning iste'fosidan hafa bo'lganini aytib o'tdi.

"O'tgan mavsum ajoyib o'tgandi. Biz chempion bo'lgandik. Ammo, bu mavsum umuman boshqacha. Mourinyoning ishdan ketganidan hafa bo'ldim. Lekin, oldinga intilish lozim. Ortga qaramaslik kerak. Jamoa yomon ahvolga tushib qoldi va rahbariyat shunday qarorga keldi. Hozir vaziyat yaxshilangan, faqat kuchli to'rtlikka kirish haqida orzu ham qilmayapmiz. Asosiy maqsadimiz - Angliya Kubogi va Chempionlar Ligasi", - deydi belgiyalik posbon.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com