Kurtua Messidan o'tkazgan gollari haqida nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
17 mar 2018, 12:20
"Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtua YCHL doirasida "Barselona"dan o'tkazib yuborilgan gollar haqida gapirdi.

"Chelsi"ga sodiqman. Shartnomam keyingi mavsum tugaganidan keyin yakuniga etadi va men shu yerda qolishni istayman.

Albatta, hali yangi shartnoma imzolanmagan. Biroq hozir buning vaqti emas. Mavsum yakunigacha kutish kerak.

Biz YCHLdan chiqib ketishga loyiq o'yin ko'rsatmadik. Biroq individual xatolar bizga qimmatga tushdi. Birinchi holatda men zarba berilishini kutmagandim. Shu boisdan ham bunga tayyorlana olmadim. Albatta, o'sha gollarda mening aybim bor", - dedi Kurtua.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports