
"Premer-ligada Primeroga nisbatan bosim ko'proq, ammo qanotdan etkazib beriladigan to'plardagi texnika tufayli bu qiyinchilikni engib o'tdim. Men buni Belgiyadagi maktabda o'rganganman. Angliyada ko'proq ikkinchi qavatda kurashlar bo'ladi.
Bunga boshidan tayyor bo'lganman. Shu sababli ko'nikish oson bo'ldi. Angliyada Ispaniyaga nisbatan darvozadan 10 metr uzoqroq o'ynayman. Bazida bunday holat Charli Adamning (maydon markazidan) zarbasiga o'xshash gollarga olib keladi, ammo shunga yarasha o'nlab birga-birlarda jamoani qutqarganman" - deydi Kurtua.