Kurtua: "Fransiya - antifutbol jamoasi, Braziliyaga yutqazishni maqul ko'rgan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2018, 16:10
Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua Fransiyaga qarshi JCH-2018 1/2 final uchrashuvidan (0:1) so'ng, fransiyaliklarni tanqid qildi.

"Fransiya terma jamoasi burchak zarbasidan so'ng gol urdi va o'sha paytdan keyin faqat himoyalandi. Undan ko'ra chorak finalda Braziliyaga mag'lub bo'lishni maqul ko'rgan bo'lar edim. Fransiya - antifutbol jamoasi" - deydi Kurtua.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sporza