Kurtua Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Sherzod Nurmatov
22 iyun 2023, 18:54
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Belgiya termasidagi faoliyatini vaqtincha to'xtatishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Migel Anxel Dias.

Insayderning so'zlariga ko'ra, darvozabon bosh murabbiy Domeniko Tedesko bilan mojaro tufayli emas, balki darvozabonlar murabbiyi Ervin Lemmensning ishdan bo'shatilishi sababli faoliyatini to'xtatmoqchi.

Avvalroq 31 yoshli darvozabon Belgiya terma jamoasi ixtiyorini Evro-2024 saralashi doirasidagi Estoniyaga (3:0) qarshi o'yin oldidan tark etgani ma'lum bo'lgandi. Xabar qilinishicha, futbolchining ketishiga Kevin de Bryuyne yo'qligida terma jamoada sardorlik bog'ichini u emas, balki Romelu Lukaku olganidan norozi bo'lgan.

Tedesko bu versiyani tasdiqladi, biroq darvozabon keyinchalik jarohati tufayli terma jamoani tark etganini aytdi.

Belgiya terma jamoasining yetakchi futbolchisi sardorlikni talashgan Tibo Kurtuani tanqid qildi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Confidencial