Kurtua Belarusga qarshi o'yinda qatnashmaydi

Mirjalol Normatov
6 sen 2021, 23:16
"Real" va Belgiya termasi posboni Tibo Kurtua JCH-2022 saralashi doirasida Belarusga qarshi o'yinda qatnashmaydi.

"COPE" xabariga ko'ra, posbon LaLiga doirasida "Selta"ga qarshi o'yinni o'tkazish uchun jamoasi ixtiyoriga jo'nab ketgan. Golkiper bu borada terma ustozi Roberto Martinesdan ijozat olgan.

"Real"ning boshqa bir futbolchisi Eden Azar esa terma ixtiyorida qolgan va u Qozonda o'tadigan bahsga tayyorlanmoqda. U payshanba kuni "Real"ga qaytadi.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, Romelu Lukaku, Toma Mene va Yan Vertongen kabi futbolchilar ham klubiga qaytib ketgan.

Belorussiya - Belgiya bahsi 8 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: COPE