Kurtua: "Azar uchun Evro yakunlandi deb qo'rqaman"

Alisher
28 iyun 2021, 12:00
Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua yarim himoyachi Kevin De Bryuyne va vinger Eden Azarning jarohati haqida gapirdi.

Ikki o'yinchi ham Evro-2020 1/8 final Portugaliya (1:0)ga qarshi o'yinda jarohat olishdi.

"Eden uchun Yevropa chempionati yakunlandi deb qo'rqaman. Agar bu men o'ylayotgan jarohat bo'lsa, u 10 kunga safdan chiqdi. Bizga mo'jiza kerak. De Bryuyne esa to'pig'ini egolmayapti", - deydi futbolchi.

Belgiya terma jamoasi o'yinchilarining jarohati bilan bog'liq rasmiy ma'lumot tez orada beriladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb