

Bu loyihada siz milliardlab odamlarni birlashtiruvchi - futbol xaqidagi qiziqarli faktlar, tarixiy voqealar bilan tanishasiz.
O'ylab ko'rganmisiz, nega muxlislar "Ole-Ole-Ole" deb hayqiradilar? Bu odat qayerdan kelib chiqqan, uni kim o'ylab topgan?

O'ziga xos bu atamaning "vatani" - Ispaniya. Yana ham aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, "Korrida" va flamenko (Janubiy Ispaniya (Andalusiya) folklori - musiqasi (cante) va raqsi (baile)ning umumiy nomi. Ispanlarda bu so'z, mamlakatni VIII asrda bosib olgan arablar ibodati vaqtida ishlatgan "Olloh" so'zidan vujudga kelgan.



