Kumanning fikricha, MYU van Galga nohaqlik qilgan

Aslanov Jasurbek
29 may 2016, 18:14
"Sautgempton" bosh murabbiyi Ronald Kuman Lui van Galning "Manchester Yunayted"dan haydalishi haqida fikr bildirdi.

"MYUdagi voqealarni kuzatdim. So'nggi oylarda Mourinyo haqida ko'p o'qidim. Agar Angliya Kubogi finaligacha van Galga haydalishi haqida aytishmagan bo'lsa, klub bu g'alabaga haqli emasdi. Professional futbolda ishlash qanday amalga oshirilishi haqida biroz ma'lumotga ega bo'lsangiz, Mourinyo tayinlanishi nima ekanligini bilishingiz kerak.

Van Gal so'nggi oylarda katta bosim ostida bo'ldi. U shunday holatda xotirjamlikni saqlay olganidan hayratlandim. To'g'ri, murabbiy OAV bilan bazida chiqisha olmadi. Bu vaziyatlarni boshqacha hal qilish kerak edi. Ammo Lui - bu Lui. Nima bo'lganda ham, u MYUda katta ishni bajardi" - deydi Kuman.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror