Kuman JCH-2022dan so'ng Niderlandiya terma jamoasida van Galning o'rnini egallashi mumkin

Alisher
21 mar 2022, 11:47
Ronald Kuman terma jamoaga qaytish borasida Niderlandiya qirollik futbol assotsiatsiyasi bilan muzokaralar olib bormoqda.

59 yoshli murabbiy jamoani 2018-2020 yillarda boshqargan va shundan so'ng "Barselona" taklifini qabul qilgandi, ammo mutaxassis o'tgan yilning oktyabrida u yerdan iste'foga chiqarildi.

Niderlandiya terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Lui van Galning shartnomasi joriy yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan va Kuman JCH-2022dan so'ng termani qabul qilib olishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: NOS