Kuman: “Chempionlik uchun kurashda orqaga katta qadam tashladik”

6 dek 2020, 08:39
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman “Kadis”ga (1:2) uchralgan mag'lubit sabablarini izohladi.

“Ushbu mag'lubiyatni izohlash qiyin. Bungacha biz yaxshi o'yin o'tkazgandik. Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. Ikkinchisida esa “Barsa” yaxshiroq o'ynadi. Ammo jamoa mutlaqo kutilmagan xatolar evaziga mag'lub bo'ldi. Bunga ishonish qiyin.

Autdan to'p tashlab berilganidan keyin gol o'tkazish barchasidan oshib tushdi. E'tiborsizligimiz oqibatidagi xatolar golga olib keldi. To'psiz o'ynaganimizda bizga agressivlik yetishmayapti. Menimcha, aynan shu kamchiligimiz tufayli gol o'tkazayapmiz.

Bu mag'lubiyat – chempionlik uchun kurashda orqaga tashlangan katta qadamdir. Na iloj ko'nikishga majburmiz. “Atletiko” singari kuchli jamoadan 12 ochkoga ortda qolish bu katta farq. 

Oldimizda ko'plab o'yinlar bor. Ammo safarda beqaror o'yin ko'rsatishda davom etaversak, men boshqa gap gapirishimni hojati yo'q”, deya ta'kidladi Kuman.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com