Kuman “Barselona”dan 12 mln evro talab qilmoqda. Klub Setendan ham qarzdor

Eldor Akmurzayev
1 noya 2021, 08:00
Ronald Kuman oktyabr oxirida “Barselona”dan iste'foga chiqarildi.

Shartnoma erta bekor qilingani tufayli klub 58 yoshli mutaxassisga 12 mln evro tovon puli to'lab berishi lozim.

Niderlandiyalik ushbu summani kamaytirishga rozi emas, u “Barsa”ning 7-8 million dollarlik taklifiga ham rad javobini berdi.

O'tgan mavsum koronavirus pandemiyasi tufayli Kuman Kataloniya klubi rahbariyati bilan uchrashib, 45 foiz maoshini kechiktirishga rozilik bergandi.

Shuningdek, “Barselona” boshqa bir sobiq murabbiy Kike Seten bilan ham hisoblashishga ulgurmadi, u bir tomonlama ishdan bo'shatilgan uchun sud orqali 14 mln evro undirilishini talab qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo