Kuman "Barselona"dagi kelajagi haqida to'xtaldi

Sherzod Nurmatov
25 apr 2021, 00:15
"Barcelona" bosh murabbiyi Ronald Kuman klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Prezident birinchi kundanoq menga ishonishini aytib, qo'llab-quvvatlashini bildirdi. Shuning uchun ishonch bilan ayta olamanki, kelasi mavsumda jamoaga murabbiylik qilaman, menda shartnoma bor. Agar vaziyat o'zgarsa, gaplashib olish kerak bo'ladi", – deydi Kuman "Marca"ga.

"Barsa" La Liga 32 turidan so'ng uchinchi o'rinda bormoqda. Avvalroq kataloniyaliklar finalda "Atletik"ni mag'lub etib (4:0), Ispaniya Kubogini qo'lga kiritishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca