

Ronald Kuman murabbiyi sifatida Kataloniya klubi bilan ilk sovringa ega chiqdi. U 2020 yilning avgustidan buyon “Barsa”ni boshqarib kelmoqda.
Kuman futbolchi sifatida Ispaniya klubi bilan 10 ta sovringa ega chiqqan.
Joriy mavsumda “Barselona” La Liga turnir jadvalida peshqadam “Atletiko”dan ikki ochko ortda qolgan holda 3-pog'onada bormoqda. Chempionlar ligasida kataloniyaliklar 1/8 finalda PSJga mag'lub bo'lgan bo'lishsa, Ispaniya Superkubogi uchun bahsda “Atletik”ka imkoniyatni boy berishgandi.



