Kulusevski: “Oxirgi oylarda juda qiynaldim”

Eldor Akmurzayev
21 fev 2022
“Tottenxem” Deyan Kulusevski vingeri APL 26-turida “Man Siti” ustidan qozonilgan irodali g'alaba (3:2)dan keyin o'z fikrlarini aytdi.

"So'nggi oylarda o'zimni juda yomon (“Yuventus”dagi davri nazarda tutilmoqda) his qildim, bundan azoblandim. APLdagi ilk o'yinimni tariflab bo'lmaydi. Bu haqda ko'p o'ylamay, xotirjam bo'lib, o'ynash davom etishim lozim.

Konte faqat g'alabani ko'zlaydi, bunga erisha olmasa, o'zidan qoniqish hosil qilmaydi. Qattiq mehnat qilamiz, murabbiyga quloq solamiz va shunda yaxshi o'ynaymiz”, deydi Kulusevski.

U qishda “Yuventus”dan ijara asosida “shporlar” safiga kelib qo'shildi. 21 yoshli shved joriy mavsum A Seriyada 20 o'yinda qatnashib, 1+3 natija ko'rsatdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ua-football.com