Kulibali: “Gattuzo bizga ishonchni qaytardi”

14 iyun 2020, 09:16
“Napoli” himoyachisi “Inter”ga qarshi bahsdan (1:1) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Gattuzo bizga ishonch berdi. Biz qaysidir vaziyatda o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'ygandik. U esa bizga hammamiz yaxshi futbolchi ekanligimizni eslatib qo'ydi. Endi esa biz qiyinchiliklarni qanday engib o'tishni bilamiz”, - deydi Kulibali.

Ma'lumot uchun, “Napoli” Italiya Kubogi finali doirasida “Yuventus”ga qarshi 17 iyun kuni maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Rai Sport