Kukurelya "Chelsi"da tibbiy ko'rikdan o'tadi. "Brayton" futbolchini mashg'ulotlardan chetlatdi

Administrator
5 avg 2022, 00:55
Himoyachi Londonga yetib kelgan.

Taniqli insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, Mark Kukurelya hozirda "Chelsi" uchun tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. Shundan so'ng kerakli hujjatlar imzolanadi. 

Ma'lumotlarga qaraganda, "Brayton" Mark Kukurelyani mashg'ulotlardan chetlatgan. Klub ushbu ish orqali klubdagi boshqa futbolchilarning APLning yangi mavsumiga tinch holatda tayyorlanishlarini taminlagan. 

Avvalroq, "Chelsi" futbolchi uchun 52.5 mln funt to'lashi ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano