"Kuinz Park Reynjers" Defoni APLga qaytarmoqchi

Aslanov Jasurbek
24 dek 2014
Londonning "Kuinz Park Reynjers" jamoasi MLS klubi hisoblanadigan "Toronto"dan Defoni sotib olmoqchi.

Hujumchining o'zi mavsum yakunlanishigacha Yevropaga qaytishini ma'lum qilgan edi.

Defoning "Toronto" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha belgilangan. Klub futbolchini 6 mln funtdan kamiga sotmoqchi emas. 

Defo yakunlangan mavsumda 19 uchrashuvda maydonga tushib, 11ta gol urgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com