

O'yindagi ilk golni o'z hisobiga mehmonlar a'zosi Takefusa Kubo yozdirib qo'ydi. Bu 21 yoshli futbolchi uchun La Ligadagi 10-gol bo'ldi va u mazkur natijaga erishgan ikkinchi yaponiyalikka aylandi. Avvalroq bunga Takashi Inui muvaffaq bo'lgandi va u Primeradagi 166 bahsda 16 ta to'p kiritishga erishgan.
Kubo esa Ispaniya Oliy divizionida 112 uchrashuvda qatnashishga ulgurdi. U “Vilyarreal”, “Xetafe”, “Malorka” sharafini himoya qilgan, ammo “Real”da birorta ham rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagandi.



