

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, malayziyaliklar bugun soat 13:40 da Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelishgan. Malayziyadan yurtimizga to'g'ridan-to'g'ri reys yo'qligi bois klub Kuala-Lumpur – Seul – Toshkent yo'nalishida parvoz qildi.
Eslatib o'tamiz, 5 oktyabr kungi bahsni Ali Saboh Adday Al Qaysi boshchiligidagi iroqlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.



