Kuadrado "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Alisher
30 iyun 2021, 09:36
"Yuventus" yarim himoyachisi Xuan Kuadrado klubi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin.

Kolumbiyalik futbolchining "keksa sinora" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Turinliklarning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegriga Kuadrado juda ham yoqadi va o'yinchining klubda qolishiga umid qiladi.

Futbolchi o'tgan mavsum "Yuve" libosida 40ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 19ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato