Kroos umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi

Sherzod Nurmatov
23 sen 2021
"Real Madrid" klubining germaniyalik yarim himoyachisi Toni Kroos jarohatini davolashda davom etmoqda.

Xabarga ko'ra, bugun germaniyalik yarim himoyachi uzoq vaqtdan beri birinchi marta umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazdi. Qayd etilishicha, u mashg'ulotlarning faqat bir qismini jamoa bilan birga olib borgan, qolgan vaqtini alohida shug'ullanish bilan o'tkazgan.

Manbaning xabar berishicha, Karvaxal, Mendi, Beyl, Sebalos va Marselo mashg'ulotlarni sport zalida alohida davom ettirmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: MadridistaReal