Kroos tez orada Germaniya terma jamoasidagi faoliyati yakunlanganini e'lon qiladi

Alisher
30 iyun 2021, 18:47
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos ortiq Germaniya terma jamoasida harakat qilmaydi.

Futbolchi o'z qarorini tez orada rasman ma'lum qiladi.

Kroos 11 yilda davomida Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qildi. U jamoa bilan 2014 yilgi Jahon chempionatini yutgan.

Kecha nemislar Evro-2020 1/8 finalida Angliya (0:2)ga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca