Kroos: “Ronaldu buyuk, ammo “Real”da faqat u o'ynamaydi”

Tolibjon Qosimov
17 iyul 2014, 16:45
“Real”ning yangi yarim himoyachisi Toni Kroos, jamoa haqida fikr bildirib o'tdi.
U Krishtianu Ronalduga bog'liq savollarga ham javob berdi.

“Men “Real”ga o'tdim va orzuim amalga oshdi. Ronaldu – buyuk futbolchi, ammo “Real”da faqat u o'ynamaydi” – deydi Kroos.

Eslatib o'tamiz, norasmiy malumotlarga ko'ra “Real” “Bavariya”ga Kroos uchun 30 million evro to'laydi. 24 yoshli futbolchi “Qirollik klubi” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi va yiliga 6 million evro oladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com