Kroos "Real"da yana bir yil qoladimi?

Alisher
12 may 2024, 16:01
Madridning "Real" klubi shartnomasi yozda yakuniga etadigan 34 yoshli yarim himoyachi Toni Kroos bilan bitimni yana bir mavsumga uzaytirishni taklif qildi.

Madrid klubida Kroosning kelajagi borasida optimizm bor. "Real" nemis futbolchisining joriy mavsum yakunlanishi bilan mehnat kelishuvini uzaytirishiga ishonadi. Qayd etilishicha, Kroos o'zini "qaymoqranglilar"ning muhim bo'lagi sifatida his qilmoqda.

Nemis futbolchisi 2014 yildan beri Madrid klubida o'ynaydi. U bu vaqt davomida barcha musobaqalarda 461ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol va 97ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS