Kroos: "Real" va "Manchester Yunayted" – AQSHda eng ko'p muxlisga ega klublar"

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2023, 10:47
"Real" xavbeki Toni Kroos MYUga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

"AQSHda har doim ajoyib muhit hukm suradi. "Real" va "Manchester Yunayted" bu yerda eng ko'p muxlisga ega klublar sanaladi. Shuning uchun qoyilmaqom atmosfera yuzaga kelishini kutyapman, lekin bu ular uchun bizni o'yinimizni ko'rish uchun ajoyib imkoniyat, chunki mavsum davomidagi barcha o'yinlarimiz Yevropada bo'lib o'tadi. Qo'shma Shtatlardagi bu o'yinlar har doim ajoyib voqelikdir", – dedi germaniyalik yarim himoyachi.

"Real" hamda MYU o'rtasidagi bahs 27 iyul kuni 05:30 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com