Kroos "Real" bilan shartnomasini uzaytirishini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
30 may 2023, 20:53
"Real" futbolchisi Toni Kroos klub bilan shartnomasi uzaytirishini ma'lum qildi.

"Klubdagilardan men bilan shartnoma uzaytirilganligini qachon e'lon qilinishini so'rab ko'raman", - dedi Kroos.

Germaniyalik futbolchi 2014 yildan buyon "Real" tarkibida harakat qilmoqda. Yaqin vaqtlar ichida u klub bilan 1 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. 

Ushbu mavsumda 33 yoshli xavbek barcha turnirlarda 51 o'yinda qatnashib, 2 gol va 6 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS