

"Germaniya mundialning guruh bosqichidayoq qolib ketmasligi kerak edi. Menimcha, gap futbolchilarning sifatida emas, avtomatizm va mas'uliyatda.
Tarkibimizda ko'plab katta nomlar bor. Ularning nomidan odamlar qo'rqishadi ham. Ryudiger, Noyer, Myuler kabi g'alaba mentalitetiga ega, yuqori klassdagi futbolchilar bor. Ularda g'alaba uchun barcha sifatlar etarli, biroq ular termani o'z ortiga ergashtira olishi kerak", - dedi futbolchi.



