Kroos: "Boks ringida to'rt raundga ham dosh berolmasam kerak"

Omonjon To`xtamirzayev
12 iyun 2020
"Real Madrid" yarim himoyachisi Toni Kroos "DAZN"ga intervyu berdi.

Suhbatning asosiy qismini e'tiboringizga havola qilamiz.

Kilian Mbappe haqida

"Yosh, mahoratli futbolchi, lekin men klub nimani istashi va qanday harajatlarni amalga oshira olishimizni bilmayman. Madridda o'tkazgan olti yil davomida men shu qadar ko'p mish-mishlarni eshitdimki, lekin amalda OAVda aytilayotgan gaplarning deyarli barchasi yolg'on bo'lib chiqadi".


Mario Getce haqida

"Men anchadan buyon uni maydonda ko'rmadim. Lekin bu menimcha Bundesligani kamroq tomosha qilayotganim sabab bo'lsa kerak. Shu sababli Mario hozirda qaysi klubda o'ynab keta olardi, degan savolga javob berolmayman".


Titullar haqida

"Real" har mavsum hech bo'lmasa bitta sovrin yutishi shart. Aks holda u mavsum avtomatik tarzda omadsizga aylanadi. O'tgan mavsum jamoa uchun omadsiz bo'ldi".

Kroos karantin davrida boks qopi va qo'lqoplarini sotib oldi

"Men sportning boshqa turi bilan ham shug'ullanib ko'rishni istadim. Bu boshqacha jismoniy mashqlar, yangicha tajriba, lekin u katta kuch talab qiladi. To'g'risini aytsam, boks ringida to'rt raund ham chiday olmasam kerak".


"Real"ga nima yetishmayapti?

"Xotirjamlik. Bazi uchrashuvlarda bizga aynan shu hislat yetishmayotgandek. Biz natija uchun emas, chiroyli o'yin ko'rsatib muxlislarni xursand qilish, o'zimiz ham zavq olish uchun o'ynab, keraksiz joylarda ochko yo'qotdik. Aks holda biz hozir chempionat yetakchisi bo'lardik. Albatta, jarohatlar ham o'yinga ta’sir o'tkazadi. Biz uchun barcha futbolchilar safda bo'lishi muhim. Kim hozirgi vaziyatdan yaxshi chiqa olsa, marra o'shaniki".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia