

- Biz "Atletiko"ga qarshi final o'yini qiyin bo'lishini bilamiz. Ular "Barselona" va "Bavariya"ga qarshi uchrashuvlarda juda yaxshi harakat qilishdi. Lekin tan olish kerak, saviya jihatdan "Real" "Atletiko"dan ustun turadi. "San Siro"dagi finalda maydonga tushib, buni amalda isbotlashimiz kerak. Shahrimizning ikkinchi jamoasi finalga yo'l olgani kutilmagan holat emas. Finalda jamoalarning imkoniyatlari doimo teng bo'ladi. Bu bahsda favorit yo'q.



