Kristensen faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin

Alisher
1 yanv 2021, 10:12
"Barselona" "Chelsi" himoyachisi Andreas Kristensen uchun bo'lgan kurashda yetakchilik qilmoqda.

Daniyalik futbolchi London klubi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelisha olmayapti. U 2022 yilning yozida erkin agentga aylanishi mumkin.

Kataloniya klubi 25 yoshli futbolchining vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. "Ko'k-anorranglilar" Kristensen bilan tez orada yakuniy kelishuvga erishishmoqchi.

Markaziy himoyachi joriy mavsum "Chelsi" tarkibida barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.