Krishtianu Ronalduning kelajagi ma'lum

Khoja
14 yanv 2025
Al Nassr sardori Krishtianu Ronalduni yana bir yilga olib qolishga qaror qildi.

 Saudiya jamoasi fevralda 40 yoshni qarshi oladigan futbolchi uchun bir yillik shartnoma taklif qildi. Futbolchining maoshi esa o'zgarmaydigan bo'ldi. Ronaldu yiliga 200 million evro olishda davom etadi.

Krishtianu Ronaldu Al Nassr safida 2023 yilning yanvaridan beri harakat qilib kelmoqda. Shu vaqt ichida portugaliyalik hujumchi 84 ta uchrashuvda maydonga tushib, 75 ta gol urdi va 18 ta golga assist qayd etdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com