Krishtianu Ronaldu: "Yakshanba kuni o'z muxlislarimiz qarshisida mundial yo'llanmasini qo'lga kiritamiz!"

Narzulla Saydullayev
12 noya 2021, 12:41
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Irlandiyaga qarshi o'yindan keyin (0:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"Irlandiyada doim o'ynash og'ir, ammo qo'lga kiritilgan bir ochko barchasini o'z qo'limizda saqlab qoladi. Yakshanba kuni muxlislarimiz qarshisida Qatardagi Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritamiz va bayram qilamiz! Olg'a, Portugaliya!", - deb yozadi Ronaldu Instagram'dagi o'z sahifasida.  

Ma'lumot uchun, Portugaliya 14 noyabr kuni o'z maydonida Serbiya bilan o'ynaydi. Ayni paytda ikkala jamoa hisobida 17tadan ochko bor.



Video. JCH saralashi. Irlandiya - Portugaliya 0:0         

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: instagram.com/cristiano